Canton Fair (China Import & Export Fair) — dunyoning eng yirik savdo ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, har yili ikki marta o‘tkaziladi. 2025-yilning kuzgi sessiyasi (138-Canton Fair) xalqaro xaridorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun eng muhim tadbirlardan biri bo‘ladi.
Asosiy ma’lumotlar
- Vaqti: 2025-yil 15-oktabr — 4-noyabr
- Joyi: Pazhou Exhibition Complex, Guanchjou, Xitoy
- Ish vaqti: har kuni 9:30 — 18:00
- Format: oflayn + onlayn platforma
Bosqichlar bo‘yicha yo‘nalishlar
- 15–19 oktabr — elektronika, maishiy texnika, energetika, mashinasozlik, qurilish texnologiyalari.
- 23–27 oktabr — uy-ro‘zg‘or buyumlari, sovg‘alar, dekor, mebel va qurilish materiallari.
- 31 oktabr — 4 noyabr — mato, kiyim-kechak, sport va sog‘liq mahsulotlari, bolalar tovarlari.
Bosqichlar orasida stendlar almashtiriladi: 20–22 oktabr va 28–30 oktabr.
Yarmarkada topilgan tovarni O‘zbekistonga yetkazishni biz bilan rejalashtiring: +998 99 777 33 33.




