Yaxshi yangilik! Endi Xitoyning Leapmotor brendi elektromobillarini O‘zbekistonga import qilish mumkin. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va «UzTest» markazi 14-aprel kuni Piskentdagi laboratoriyada o‘tkazilgan takroriy sinovlar ijobiy natija berganini e’lon qildi.
Ruxsat evaziga Leapmotor oldiga qo‘yilgan shartlar
- ishlab chiqaruvchining rasmiy vakilini — O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsni belgilash. U Leapmotor avtomobillaridagi nomuvofiqliklarni bartaraf etadi va iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplaydi;
- respublikaga olib kiriladigan barcha Leapmotor avtomobillari turini ma’qullash uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.
Nima bo‘lgan edi
Mart oyi oxirida Leapmotor C16 elektromobilida elektromagnit shovqin darajasi ruxsat etilganidan 16 barobar yuqori ekani aniqlangani sababli brendning barcha modellariga sertifikat berish uchun arizalar qabuli to‘xtatilgan edi.
14-aprel kuni Leapmotor vakili ishtirokida xuddi shu rusumdagi boshqa elektromobil sinovdan o‘tkazildi va ijobiy natija olindi.
Endi Leapmotor avtomobillarini avvalgidek buyurtma qilishingiz mumkin! Batafsil: +998 99 777 33 33




