Nexus Logistics jamoasi dunyodagi eng yirik savdo yarmarkalaridan biri — Canton Fair (China Import & Export Fair) ko‘rgazmasining 138-sessiyasida ishtirok etdi.
Yarmarka 2025-yil 15-oktabrdan 4-noyabrgacha Guanchjoudagi Pazhou Exhibition Complex majmuasida o‘tmoqda. Unda butun dunyodan minglab ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va logistika kompaniyalari qatnashmoqda.
Nimalarni taqdim etdik
- Xitoydan O‘zbekistonga yuk tashish;
- avtomobil importi;
- bojxona rasmiylashtiruvi;
- ombor logistikasi.
Ko‘rgazmadagi ishtirok yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochdi va xalqaro aloqalarimizni mustahkamladi. Biz mijozlarimiz uchun yanada samarali va xavfsiz logistika xizmatlarini taklif etishda davom etamiz!




