Asosiy qismga o‘tish

Leapmotor avtomobillarini O‘zbekistonga import qilishga ruxsat berildi!

Yaxshi yangilik! Xitoyning Leapmotor brendi elektromobillarini O‘zbekistonga yana import qilish mumkin: Piskentdagi takroriy sinovlar ijobiy natija berdi.

Bojxona25-aprel, 20251 314 ko‘rish
Leapmotor avtomobillarini O‘zbekistonga import qilishga ruxsat berildi!

Yaxshi yangilik! Endi Xitoyning Leapmotor brendi elektromobillarini O‘zbekistonga import qilish mumkin. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va «UzTest» markazi 14-aprel kuni Piskentdagi laboratoriyada o‘tkazilgan takroriy sinovlar ijobiy natija berganini e’lon qildi.

Ruxsat evaziga Leapmotor oldiga qo‘yilgan shartlar

  • ishlab chiqaruvchining rasmiy vakilini — O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsni belgilash. U Leapmotor avtomobillaridagi nomuvofiqliklarni bartaraf etadi va iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplaydi;
  • respublikaga olib kiriladigan barcha Leapmotor avtomobillari turini ma’qullash uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.

Nima bo‘lgan edi

Mart oyi oxirida Leapmotor C16 elektromobilida elektromagnit shovqin darajasi ruxsat etilganidan 16 barobar yuqori ekani aniqlangani sababli brendning barcha modellariga sertifikat berish uchun arizalar qabuli to‘xtatilgan edi.

14-aprel kuni Leapmotor vakili ishtirokida xuddi shu rusumdagi boshqa elektromobil sinovdan o‘tkazildi va ijobiy natija olindi.

Endi Leapmotor avtomobillarini avvalgidek buyurtma qilishingiz mumkin! Batafsil: +998 99 777 33 33

Ulashish
Maqola bo‘yicha savollar bormi?
O‘sha kuni va tushunarli tilda javob beramiz.
Telegramga yozing

Boshqa yangiliklar